"CASA-1000 Tojikiston va Pokiston böyiça takroriy tender e'lon qiladi" maqolasida («Avesta.tj», 31.01.17) ta'kidlanişiça, CASA-1000 loyihasi muhandislik xizmatlarini taqdim etiş uçun pudratçi tanlaşga yönaltirilgan takroriy tender e'lon qiladi. Bu xizmatlar Pokiston va Tojikistonda ikki terminal stansiyalarini loyihalaş, ta'minlaş va örnatişga qaratilgan.
CASA-1000 loyihasi energiya köp bölgan Markaziy Osiyodan mazkur resurs tanqisligi kuzatilgan Janubiy Osiyo mamlakatlariga elektr energiyasi savdosini yölga qöyişga yönaltirilgan. Şu maqsadda tijorat va institutsion mexanizmlar, şuningdek elektr energiyasini uzatuvçi infratuzilma yaratiş rejalaştirilgan.
Loyiha iştirokçilari bölgan mamlakatlar, bir tomondan, aholi soni, iqtisodiy hajmi va taraqqiyot yöli, ayniqsa, energetika sektori bilan bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi.
Mazkur loyiha doirasida elektr energiyasi bilan savdo qiliş uçun transçegaraviy obekt quriladi.












