Viber messenjerida ğaroyib funksiya paydo böldi. Endilikda ilova orqali avtomatik ravişda yöqolib ketadigan xabarlarni yöllaş mumkin. Bu haqida Hi-Tech naşrida ma'lum qilindi. 

Viber'dan xabar yöllaşda muayyan vaqt belgilaş imkoni yaratildi. Uşbu muddat tuguganidan söng messenjer xabarni avtomatik ravişda öçiradi. Funktsiya dolzarb - muloqot xavfsizligi oşadi, joriy hodisalar haqida sözlaş qulayroq. 

Bundan taşqari, Viber'ga videoxabar yöllaş imkoni qöşildi. Rolikning maksimal vaqti - 30 soniya. S'yomka jarayonini boşlaş uçun yozuv tugmasini bosiş, tugallaşda esa uni qöyib yuboriş lozim. 

Android-versiyaga ham çatlarni tozalaş funksiyasi qöşildi. Bunda çatdagi barça xabarlar öçiriladi, çatning öziga kiriş imkoni esa qoladi. 

iOS'dagi  Viber'da audio va videoni siqmasdan yöllaş imkoni paydo böldi. 

Yangi funksiyalardan foydalaniş uçun Viber mobil ilovasini sönggi versiyagaça yangilaş zarur (agar sizda yangi versiyasi örnatilmagan bölsa). 

Android va iOS'dagi  Viber ilovasini  Google Play hamda App Store'dan bepul yuklab oliş mumkin.