Facebook messenjerida çatlarda yuborilgan xabarlarni öçiriş imkoniyati paydo böldi. Ijtimoiy tarmoqning ma'lum qilişiça, uşbu funksiya Messenger’ning iOS va Android operatsion tizimlari uçun yangi versiyasiga qöşilgan.
Xabarni öçiriş uçun ekranda unga ikki marta bosiş kerak. Şunda suzib çiquvçi menyu paydo bölib, unda foydalanuvçiga ikki variantdan birini – xabarni barça iştirokçilar yoki faqat özi uçun öçirişni (ayni vaqtgaça xabarlarni aynan şunday öçiriş mumkin bölgan) tanlaş taklif etiladi.
Xabarni u jönatilgandan 10 daqiqa içida öçiriş mumkin. Bundan keyin funksiya amal qilmaydi.
Facebook xabarlarni öçiriş imkoniyati ustida işlar olib borilayotganini bir yil avval ma'lum qilgan. Bu ijtimoiy tarmoq asosçisi Mark Tsukerberg va Facebook’ning boşqa rahbarlari çatlardan xabarlarni öçira olişlari mumkinligi haqidagi xabarlar paydo bölgandan keyin qilingan.
Bungaça oddiy foydalanuvçilar xabarlarni faqat öz sahifalaridan öçira olişgan, qolgan iştirokçilarda u saqlanib qolgan.

















