AQŞning yaqinda, aniqroği 20 yanvarda iste'foga çiqqan prezidenti Barak Obama 50 yoşdan oşdi. U sönggi sakkiz yillik faoliyati mobaynida kötarilmadi, ammo Microsoft Office hamda SMM’da işlay oladi, - deydi amerikalik söz ustasi Stiven Kolber sobiq prezident Obama bilan hazilomuz suhbatida. TASS agentligi esa, uning nafaqada nima bilan şuğullanişi mumkinligiga qiziqib körgan. 

Obama özining sönggi matbuot anjumanida aytganidek, u Oq uydan köçib ketgaç, ilk kunlarini prezidentlik davrida boşidan keçirganlarini qayta tahlil qilişga bağişlaydi. Obama özining köplab nuqtlarida nima bilan şuğullanişiga doir aniq fikr bildirmagan bölsa-da, "men bir narsani aniq bilaman: Mişelni dam olişga olib borişim kerak", — deya hazil qilgandi Obama. 

Barak Obama Mişelga bergan sözida turdi. TMZ portali sobiq prezident juftligining Britaniya Virjiniya orollarida dam olayotganiga doir suratlarini e'lon qildi. 

Umuman, hozirça, Obama AQŞga şoşilmasa ham böladi, qonun böyiça unga umrining oxirigaça yirik nafaqa tayinlangan. OAVga köra, sobiq prezidentning bir yillik nafaqasi 205,7 ming dollarni taşkil etadi. Hozirda hayot bölgan prezidentlar Jimmi Karter, ota-öğil Jorj Buşlar va Bill Klintonga şunça nafaqa beriladi. Biroq, sobiq prezidentning işxonasi, xizmatçilariga tölovlar, Maxfiy xizmatning umrbod qöriqçiligi hamda safarlarga ketadigan xarajatlar hisobga olinsa, 2017 yilda Obama uçun davlat byudjyetidan 588 ming dollar ajratiladi. Şu bilan birga, bu summani 2015 yilda davlatning Jorj Buş kiçik uçun 1,09 mln, Bill Klintonga — 924 ming dollar sarflaganiga qiyoslansa, unçalik ham katta emasligi oydinlaşadi. 

Foto: RIA "Novosti"

Obama Oq uydan köçgaç, AQŞ poytaxtida qolişni rejalaştirgan. Jurnalistlarning qayd etişlariça, u Tomas Vudro Vilsondan söng, vakolati tugagaç, Kolumbiya okrugida qoladigan birinçi prezident böladi. Buning sababi esa, 15 yoşli kenja qizi Saşa yuqori sinfni tugatguniça, yaşaş joyini özgartirişni xohlamayotganidir. Obamaning katta qizi 18 yoşli Maliya 2016 yilda maktabni tamomlagan va bu yil Harvard universitetiga öqişga kirişni rejalaştirgan.

Şu narsa ham ma'lumki, Obama Vaşington şimoli-ğarbidagi Kalorama hududidagi 9ta yotoqxonasi bor kottejda istiqomat qiladi. Obama unga oyiga 20 ming dollar ijara haqi tölaydi. Sobiq prezident dam olişdan qaytgaç, işxonaga aylantiriladigan garajda işlaşi kutilayotgan bölsa-da, aynan nima bilan şuğullanişi sirligiça qolmoqda.