Rossiyaning Damaşqdagi elçixonasi ikki marotaba minomyotlardan öqqa tutildi, deb xabar qilmoqda Rossiya TIV. Qurbonlar yöq. 

"Hujum Jobar tumanidan nişonga olgan holda amalga oşirilgan. Bu hudud terrorçilar nazoratida, - deya aniqlik kiritişgan taşqi işlar mahkamasida. – Minalardan biri elçixonaning idora va turarjoy binolari oraliğida, ikkinçisi elçixonaga asosiy kiraverişdan 20 metr uzoqlikda portlagan. Qurbonlar yöq. Biroq, moddiy talofat yetkazildi".

Vazirlik bayonotiga köra, bu kabi ğalamisliklardan maqsad, mamlakatdagi harbiy harakatlarni töxtatiş tartibini buziş va siyosiy muzokaralar jarayonini yölga qöyiş böyiça sa'y-harakatlarni çippakka çiqarişdir. 

"Bu jinoyat jazosiz qolmaydi, - deb ta'kidlagan Rossiya TIV. – Rossiya Suriyadagi terrorçilarga qarşi qat'iy va murosasiz kuraşiş böyiça prinsipial yölni davom ettiradi".