Idoradan hammadan oxiri ketib, uyda ham işdagi vazifalaringizni bajarişda davom etsangiz, özingizni supersamarali xodim deb hisoblamasangiz ham böladi. Aksinça! Işbilarmon va strategiya direktori Maksim Yurin nima uçun rejadan köp işlaş xodimning namunali ekanligidan dalolat bermasligiga izoh beradi. "Layfxaker" şu haqidagi maqola bilan bölişdi.

Siz juda köp va qattiq işlaysizmi? Köpinça keçgaça işxonada qolib ketasizmi? Dam oliş kunlariga ham qöşimça iş olasizmi? Yaqinda bir boşli bölimning işini qahramonlarça tugatib berdingizmi? Sizning vazifalaringizni yaxşiroq bajaradigan odamni topiş qiyin bölgani bois hamma işni özingiz bajarişingizga töğri keladimi?

Tabriklaymiz, siz samarasiz işçisiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda lentada köpinça rejadan köp işlaş, eksklyuzivlik,  betakrorlik, uç yillab mehnat ta'tiliga çiqmaslik va şu kabi qahramonliklar töğrisidagi postlarni kuzataman.

Bunday postlar mualliflarini ularning nihoyatda samarali va qoyilmaqom ekanliklariga bölgan qat'iy işonç birlaştirib turadi. Atrofdagilar esa dangasa va örtaça işçilar: axir ular iş kunlarini belgilangan vaqtdan atigi yarim soat keyin tugatişadi, ba'zan esa umuman öşa vaqtning özida ketişadi, vazifalarini esa boşqalarga yuklaşadi!

Bir qaraşda hammasi ajoyibdek: xodim boşqalardan köp iş bajaradi, öz işi uçun kuyinadi, qiyinçiliklardan qörqmaydi - mö'jiza!

Biroq bu mö'jiza emas. Nima uçun deysizmi?

1. Bunday iş tempiga uzoq vaqt amal qiliş qiyin, faqat sanoqli odamlargina buning uddasidan çiqişadi. Qolgan 99 foizi esa kuyib ketadi. Odatda bir neça oydan söng uzilişlar boşlanadi: işçi öz faoliyat sohasidagi pozitsiyasidan / rahbardan/ qoniqmaydi, "fojiaviy" iste'foga çiqiş, özlikni izlaş, "men yoga bilan şuğullaniş uçun Goaga ketdim" va h.k.

2. Bunday inson (ayniqsa u top pozitsiyada bölsa) özining  atrofidagi barça odamlar - xodimlari, pudratçilari, agentliklar, kotiba, oila a'zolarini soxta samaradorlikka çoralaydi. Hamma rejadan köp işlaş va barçasiga ulgurişga harakat qilib, özini öqqa-çöqqa ura boşlaydi. Keragidan ortiqça işni öz zimmalariga olişadi. Birovlarning işini ham bajarişadi. Axir atrofdagilar ham "supersamarali boşliq"qa öxşaşga, uning talablariga javob berişga harakat qiladi. Natijada kompaniyada tartibga solib bölmaydigan xaos, ziddiyatlar sodir bölib, nosoğlom muhit hukmron böladi.