Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yapon armiyasi IShIDga qarshi kurashda qatnashmaydi
Yaponiya mamlakat mudofaa kuchlarining IShIDga qarshi operatsiyalarda ishtirok etish imkoniyatini istisno qildi. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Tomomi Inada Pentagon rahbari Jyeyms Mettis bilan uchrashuvdan keyin aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"IShIDga qarshi kurashga kelsak, bizning mudofaa kuchlarimiz bo‘linmalari bunda ishtirok etmaydi. Bosh vazir bu haqda aytgan va bizning fikrimiz o‘zgarmadi", deb aytgan Inada.
Bundan tashqari, Inada Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyat keskinlashadigan bo‘lsa, Yaponiya u yerga ham armiyasini yubormasligini aytdi.
"Biz AQSh bilan Janubiy Xitoy dengizidagi ishlarning holatini bir tomonlama tarzda o‘zgartirishga urinishlarga qarshi turishga kelishib oldik. Yaponiya u yerda tinchlik va barqarorlikni kuch bilan emas, balki qonun ustuvorligi va xalqaro hamkorlikni ta'minlash hisobiga qo‘llab-quvvatlash kerak, deb hisoblaydi", deb ta'kidlab o‘tdi Inada.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026