Eron milliy neft kompaniyasi rahbari Ali Kardor 2017 yil 20 martgaça Eron kunlik neft qazib oliş hajmini 4 mln barrelgaça oşirmoqçi ekanligini ma'lum qildi. U bu haqda SHANA axborot agentligiga aytib ötdi. Bu orada OPeK bilan kelişuvga köra, Tehronga kunlik neft qazib oliş hajmi 3,79 mln barreldan oşmasligi belgilab qöyilgan.
Kardorning aytişiça, yil oxiriga kelib Eron neft eksporti kuniga 3 mln barrelga yetadi. Amaldorning ta'kidlaşiça, Eron 2016 yil dekabrda Yevropaga neft mahsulotlari eksporti rekord darajasiga – kuniga 0,9 mln barrelga erişdi.
2016 yil noyabr oxirida OPeK a'zolari Venada umumiy neft qazib oliş hajmini kuniga 32,5 mln barrelgaça qisqartirişga kelişib olgandilar.
Bunda Eron uçun istisno qilingan, çunki uşbu mamlakat yaqindagina xalqaro sanksiyalar ostidan çiqqan. OPeK Eronga kunlik neft qazib oliş hajmini 90 ming barrelga, ya'ni kuniga 3,797 mln barrelgaça oşirişga ruxsat bergan. Şuningdek, Nigeriya va Liviyaga ham neft qazib oliş hajmini kamaytirmaslikka ruxsat berilgan.












