Gruziyaning sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili Ukraina "Yevropaning buyuk davlati" bölişi kerak deb aytdi va Yevropa Ittifoqi usiz yaşay olmasligini ta'kidlab ötdi. U bu haqda "Radio Vesti"ga bergan intervyusida aytib ötdi.

"Ukraina Yevropaning buyuk davlati bölişga mahkum. Hozir biz "biz undaymiz-bundaymiz, bizga xiyonat qilişmaydimi?" deb aytmoqdamiz. Ukrainaning bir neça avvalgi hukumati, afsuski, Ukrainani xalqaro siyosat sub'yektidek emas, obektidek körsatgan. Ukrainalik askarlar hattoki şu kunlar ham dunyoga ular Yevropani Yevropadagi eng tajovuzkor armiyadan qutqarişganini namoyiş qilişdi va uni qutqarişda davom etişmoqda, şuning uçun butun Yevropa ukrainaliklar oldida qarzdor", deb aytgan Saakaşvili.

Uning aytişiça, Ukraina Yevropa Ittifoqidan söraşi kerak emas, balki unga nima qiliş kerakligini uqdirişi kerak. 

"Ukraina hozirda nafaqat "Bizni taşlab ketmang, iltimos" deb söraş, iltijo qiliş huquqiga ega, balki aksinça, ularga "Siz buni, buni qilişingiz kerak" deb aytişga haqli, çunki Yevropa Ittifoqi va umuman Yevropa Ukrainasiz yaşay olmaydi. Yevropaning Ukrainasiz kelajagi yöq. Ukraina iqtisodiy salohiyati böyiça qudratli Yevropa davlatidir", deb ta'kidlab ötdi siyosatçi.