Italiya çempionatining 23-turi doirasida keçgan «Peskara» va «Latsio» uçraşuvi mehmonlar ğalabasi bilan yakunlandi. Yakuniy hisob – 6:2, «Latsio» foydasiga.

Ğoliblar safida yarim himoyaçi Marko Parolo 4ta gol urdi. Rimliklarning yana ikki goliga Balde Keyta va Çiro Immobile mualliflik qildi. «Peskara» safida Ahmad Benali va Gasto Brugman bittadan gol urdi. 

Rimliklar klubi bu ğalabadan keyin 43 oçko jamğargan holda turnir jadvalida törtinçi öringa çiqdi. «Peskara» töqqiz oçko bilan oxirgi örinda qoldi.

Muxlislar tur doirasida 4 fevral kuni ötkazilgan «Napoli» va «Bolonya» uçraşuvida ham 8ta gol guvohi bölişgan, bu uçraşuvda mehmon sifatida harakat qilgan neapolliklar jamoasi 7:1 hisobidagi ğalabaga erişgandi.

Italiya çempionati. A Seriya
23-tur
Peskara - Latsio - 2:6 (2:2)
Gollar: Parolo 10 (0:1). Parolo 14 (0:2). Benali 29 (1:2). Bryugman 41 (2:2). Parolo 49 (2:3). Keyta 57 (2:4). Immobile 69 (2:5). Parolo 77 (2:6).
Peskara: Bizarri, Biragi (Kreşentsi, 74), Stendardo, Domber, Zampano, Verre, Kastanos, Bryugman (Çerri, 69), Benali, Kaprari
Latsio: Marketti, Xudt, Lukaku, de Vrey, Basta, Milinkoviç-Saviç, Bigliya (Mugriya, 78), Parolo, Keyta (Luliç, 65), Immobile (Tunkara, 86), Anderson
Ogohlantirişlar: Bigliya, 76