Ötgan haftada Kataloniyaning «Barselona» klubi va Fransiya çempionati iştirokçisi «Monako» jamoalari joriy mavsumda kiritgan gollari sonini 100taga yetkazib olişdi. Tribuna.uz 100lik dovonni zabt etişga da'vogar kuçli beşlikning boşqa jamoalari reytingini tuzib çiqdi.

7-örin. «Napoli» – 31 uçraşuv, 70ta gol (55ta A serida + 11ta YeÇLda + 4 Italiya kubogida)

Neapolda xuddi ötmişda bölgani kabi yana top jamoa şakllanmoqda. Jamoa ötgan haftada «Bolonya»ni 7:1 hisobida mağlubiyatga uçratdi. Higuainning sotib yuborilişi va uning örniga sotib olingan Milikning jiddiy jarohati ham jamoaning samaradorligiga ta'sir ötkazmayapti. Neapolliklar jamoasi haqli ravişda Italiyaning eng sermahsul jamoasi bölib turibdi. Belgiyalik hujumkor yarimhimoyaçi Dris Mertens boşqa çiziqqa ötgaç, gollarni qalaştirib taşlamoqda. Hozirgaça A Seriya va YeÇLni qöşib hisoblaganda uning hisobida 20ta gol bor.

6-örin. «Mançester Siti» – 35 uçraşuvda 77ta gol (49ta APLda + 18ta YeÇLda + 8ta Angliya kubogida + 2ta Liga kubogida)

Pep Gvardiola va Serxio Agueroda turli muammolar paydo bölayotganiga qaramay, «Siti» hamon köp gol kiritişda davom etmoqda. Endi bu körsatkiç yanada ösişi mumkin. Sababi Mançesterda paydo bölgan yangi qahramon Gabriel Jyezus premer-liga doirasidagi sönggi ikki uçraşuvda nimalarga qodir ekanini namoyiş etişga ulgurdi.

5-örin. «PSJ» – 35 uçraşuvda 82ta gol (45ta 1 Ligada + 13ta YeÇL + 11ta Fransiya kubogida + 9ta Liga kubogida + 4ta Fransiya Superkubogida)

Jamoani Zlatan tark etgaç, Edinson Kavani yetakçilikni qölga oldi. Tinmasdan gollar kiritayotgan urugvaylik futbolçi «PSJ» va Liga 1 yetakçi töpurariga aylanib oldi. Jamoa ötgan mavsumlardagi sermahsullik balansini uşlab turgan bölsada, bu körsatkiçi bilan ham, natijalar böyiça ham hattoki Fransiyada yetakçilik qila olmayapti.

4-örin. «Arsenal» – 35 uçraşuvda 83ta gol (52ta gol APLda + 18ta YeÇLda + 7ta Angliya kubogida + 6ta Liga kubogida)