Italiyada har yilgi an'anaviy karnaval boşlandi. U bir oy davom etadi. 5-fevraldan 5-mart kuniga qadar har yakşanba Toskanadagi Viarejio şahrida turli xil paradlar ötkaziladi: köçalar böylab pape-maşedan bölgan ulkan şakllar bilan bezatilgan platformalar aylanib ötadi.
Karnaval ilk bor 144 yil muqaddam – 1873-yilda bölib ötgan. Öşanda bu an'ana norozilik namoyişi tufayli paydo bölgan: hukumat gullar bilan bezatilgan platformalar paradini uyuştirmoqçi bölganda, aksariyat fuqarolar bu tadbir tufayli yiğilgan katta soliqlarga norozilik tariqasida pape-maşedan niqoblar kiyib olgandi.
Bugun esa parad – şunçaki quvnoq bayram. U har yili Tirreno dengizi böyida joylaşgan bu gözal şaharga 600 mingga yaqin tomoşabinni jalb qiladi..

























