Ming afsuski, noqobil farzand, nafaqat ota-onaga, balki kişining yetti puştiga yetgulik isnod keltirişi ham heç gap emas ekan. Najmiddin Ernazar aka va Mohiya xolaning tönğiç öğli bölib, yoşi qirqdan oşgan. Biroq ilgari sudlangan bu kimsa oilaviy hayotini ham tuzuk yölga qöya olmadi. Uç nafar farzandi bölsa-da, oilasi bilan ajraşdi, tayinli işning boşini tutmadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Öşa kuni u Xurşid bilan arzimagan narsa ustida janjallaşdi. Kattaqörğon tumani, Mullakiçkina qişloğida Najmiddining hali qurib bitkazilmagan yer uçastkasi bor edi. U yerdan qöylarga piçan örib qaytgan Najmiddin yöl-yölakay aroq içib olişga ham ulgurdi. Uyiga kelgaç, ovqatlanayotgan ota-onasining yoniga ötirdi. Hovlida yurgan ukasi Xurşid akasining ahvolini körib, ijirğandi va tanbeh berdi. Kayfi taroq Najmiddin Xurşidning gapini kötara olmadi. Otasining hay-haylaşiga qaramasdan, aka-uka bir-birina böğa boşladi. Ularni bir amallab ajratgan ota goh katta öğlini, goh kiçigini bir gapdan qolişga undadi. Jiqqa muşt bölayotgan aka-ukalarga bu gaplar ta'sir etmadi.

Şunday bölsa-da, ota ularni zörğa ajratib qöydi. Janjaldan biroz vaqt ötgaç, tun yarmidan oğib, hovliga sukunat çökdi. Biroq köngilga çökkan ğazab, nafrat akaga ham, ukaga ham tinçlik bermadi. Onasining tor qorniga siqqan aka ukasi bilan nafaqat bir hovliga, balki keng dunyoga siğmadi. Xullas, ota-onani ğaflatda qoldirib, Najmiddin bilan Xurşid yana muştlaşişdi. Bu safar içidan toşgan nafratini jilovlay olmagan Najmiddin ukasini holdan toygunça urib, kamiga sim bilan böynidan böğib öldirdi. Keyin esa öz jigarining jasadini sovuqqonlik bilan olib borib, uçastkasiga kömib keldi.

Ertasi kuni kim Xurşidni sörasa, “Uni kimlardir olib ketdi”, deya yolğon töqiy boşladi. Ota-onasini esa “Agar Xurşidni sörayversak, bizni ham öldirib ketişarmiş”, deya avradi. Uyida singillariga ham ukasini qidirmaslikni tayinlayverdi. Bu yerda bir gap borligini sezgan oila a'zolari IIBga xabar berişdi, Najmiddinning mudhiş qotilligi oşkor böldi.

Gazetaning yozişiça, Najmiddin Eşmirzayevga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.