Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Xorazmdagi «samosud» holati tasvirlangan videolavha yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

2020 yilning 9 iyun kuni taxminan soat 22:40da Qöşköpir tumani Ittifoq mahallasida yaşovçi 20 yoşli H.O. dugonalari D.A., L.M., M.M., D.K. bilan birgalikda yaşaş uyiga kelayotganida, oldidan 31 yoşli S.D. boşqaruvidagi Nexia avtomaşinasi kelib töxtaganida, avtomaşinadan şu mahallada yaşovçi K.D., R.D, va O.D. tuşgan.

Xabarda aytilişiça, ular “Sen nima uçun öğlim va kelinimni turmuşini buzib, buzğunçilik qilib yuribsan” deb har xil sözlar bilan haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazgan hamda uşbu holatni şu yerda bölgan S.D. özining uyali telefon apparatiga videotasvirga olib turgan.

X.O. şu mahallada yaşovçi K.D.ning öğli S.D. bilan 2016 yildan buyon yaşab kelayotganligi, hozirda bir nafar farzandi borligi aniqlangan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida X.O. çap bilak, çap-öng yelka, boldir, çap son va kökrak qafasini qontalaşlari bölib, yengil tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qöşköpir tumani böyiça IIO FMB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan K.D., R.D., O.D. va N.R.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (bir guruh şaxslar tomonidan, öz mazmuniga köra umum e'tirof etgan axloq qoidalarini namoyişkorona mensimaslikda ifodalanuvçi ötaketgan behayolik bilan bezorilik sodir etilsa) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.