Qöşköpirda fermerga 49 yilga berilgan yer bir yilda «öz arizasiga asosan» zaxiraga olindi - arizani fermer yozmagan
|02:36 / 12.08.202024 8978 min
Kun.uz muxbirlari şu yilning iyun oyi örtalarida amaliy safar bilan mamlakatning ğarbiy mintaqalari – Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasida böldi hamda uşbu hududlardan tuşgan murojaatlarni örgandi. Muammoli arzlarning aksariyati tadbirkorlar va fermer xöjaliklaridan bölganini alohida qayd etiş joiz.
«Jaloladdin» fermer xöjaligi 1994 yilda taşkil etilgan bölib, dastavval çorvaçilik yönalişida faoliyat olib borgan. Öşa vaqtda 70ta qöy va 50dan ortiq qoramol bilan işni boşlagan. Buning uçun 4 gektar yer berilgan. Keyinçalik fermer xöjaligi faoliyatini kengaytirib, köp tarmoqli xöjalikka aylangan, 35 gektar sun'iy kölda baliqçilik xöjaligi ham barpo etilgan.
Tuman hokimining 2019 yil 28 yanvar kungi 759-sonli qaroridan söng, xöjalikka 49 yil muddatga ijaraga berilgan yer maydoni 160,5 gektarni taşkil etmoqda edi. Biroq, oradan bir yil ötar-ötmas, aniqroği, hokimning 2020 yil 25 yanvardagi 128-sonli qarori bilan yer ijara şartnomasi bekor qilinadi va fermer xöjaligiga berilgan yerlar batamom tuman zaxirasiga qaytarib olinadi.
«Qarindoş-uruğ maslahat qilib işni boşladik. Işimiz yaxşi böldi. Şunçalik böldiki, 23 mln sömlik çorva mahsulotlarini (davlatga) topşirib, Agrobankka tuşirgan vaqtlarimiz ham böldi», – deydi Qöşnazar Karimov.
Uning sözlariga köra, dastlabki vaqtlarda fermer xöjaligiga katta öğli Nizomiddin rahbarlik qilgan. Uning kasbi traktorçi bölgani uçun mexanizatsiya işlari köpaygani bois, keyinçalik fermer xöjaligi rahbarligini ota öz zimmasiga olgan. Fermer xöjaligi qayta taşkil etilganidan söng, uning rahbarligi rasman Qöşnazar Karimovning boşqa bir öğli – Jaloladdinga ötkazilgan.
Qöşnazar Karimov fermer xöjaligi yerlarini tuman zaxirasiga oliş böyiça arizani nima sababdan yozganiga qiziqamiz.
Qöşnazar Karimov
«Arizadagi imzo meniki. Mening ariza yozişga vakolatim yöq edi, lekin farzandlarimning soğliğini tilayman. IIBning tayanç punktida majlis ötkazganida, sizni sudga beraman, dedi. Şundan söng farzandlarim köpçilikning oldida boşqa kaltaklanmasin deb, [fermer xöjaligi yerlarini tuman zaxirasiga qaytariş böyiça] ariza yozişga majbur böldim», – deydi Qöşnazar Karimov.
Mavzuga oid
Fermer xöjaligining amaldagi raisi Jaloladdin Karimov esa, otasi ariza yozganidan öz vaqtida xabari bölmagani, çunki bu vaqtda turmuş örtoği bilan Toşkentda şifoxonada bölganini ta'kidladi.
Şunça yillik fermer bilan hokimlik örtasida nima röy berdiki, bir yilda yerlar zaxiraga qaytarib olinsa, degan savol paydo bölişi tabiiy. Biz bölib ötgan voqealarni sözlab bergan Qöşnazar Karimovga yana quloq tutamiz.
Jaloladdin Karimov, Fermer xöjaligining amaldagi raisi
Uning aytişiça, 2019 yil 29 sentyabrda viloyat hokimi Farxod Ermanov tumanga safari çoğida uşbu fermer xöjaligi dalasini kelib köradi va notöğri ma'lumot berilgani uçun tuman hokimiga tanbeh beradi, fermerni qöllab-quvvatlaş kerakligini ta'kidlaydi.
Mana şu voqea sabab bölib, tuman hokimi va fermer xöjaligi vakillari orasiga sovuqçilik tuşadi. Albatta, bu – Qöşnazar Karimovning sözlari. Tuman hokimligining öz haqiqati bölişi şubhasiz. Çunki dabdurustdan fermer xöjaligi raisining emas, otasining ariza yozişi, buni tuman komissiyasi ma'qullab berişi, tuman sudida ayni holat tasdiqlanganiga qaramay, fermer xöjaligining raisi öz vaqtida xabar olmagani vaji bilan yerning zaxiraga olib qöyilişini bundan boşqaça tuşuna olmadik.
Jaloladdin Karimovning (fermer xöjaligi raisi) sözlariga köra, 4 fevral kuni hokimlikdan xat kelgan. Unda fermer xöjaligi yerlari özining yozgan xatiga muvofiq tuman zaxirasiga qaytarib olingani xabar qilingan.
«Nimaga asosan yerimni oldingiz deb, yerni uzoq muddatga ijaraga beriş böyiça şartnomani öz kuçida qoldirişni söradim. Bu orada hokim bilan uçraşişga harakat qildim. Meni kiritişmadi. Şundan keyin sudga berişga majbur böldik», – deydi J. Karimov.
Sud mahkamasi esa, barça hujjatlarni örganib çiqqan holda tuman hokimligining 2020 yil 25 yanvardagi 128-sonli qarorini noqonuniy deb topiş töğrisidagi arizani qanoatlantirişni rad etgan.
Vaholanki, sud hal qiluv qarorida ham J.Karimovning otasi Qöşnazar Karimov söralganida: «...fermerlar bilan yiğilişlarda öğlining nomidan iştirok etişini, majlislarning birida unga qattiq gapirişgani, bundan jahli çiqib, tuman hokimi va prokurori nomiga fermer xöjaligini tugatiş töğrisida ariza yozib, poçtadan yuborganini, ariza yozganini uydagilari va öğliga aytmagani...» qayd etiladi.
Albatta, bu Qöşnazar Karimov hamda öğli Jaloladdin Karimovlarning husnixatlarini soliştirganda ham yaqqol namoyon böladi. Şu bilan birga, hokim va prokuror nomiga yozilgan arizada fermer xöjaligining ştampi yöqligi ham aniq körinib turibdi.
Şu bilan birga, zaxiraga olingan yer maydoni Qöşköpir tumani hokimining 2020 yil 18 fevraldagi 497-sonli qarori bilan Xiva tumani, Şomoxulm qişloği, Varangzan mahallasida yaşovçi fuqaro S.B.ga fermer xöjaligini taşkil etiş uçun ajratib berilgan.
Biz murojaatçilar bilan birga baliqçilik köliga borib, kölning suvi oqizib yuborilgani va qarovsiz holga kelib qolganiga guvoh böldik.
«Fermer xöjaligida oğayni-qarindoşlarim, qöşnilarim işlardi. 60ga yaqin mavsumiy işçimiz bölardi. Bu yerda 33,8 gektar köl bor edi. 27 gektarida bevosita suv bor edi. Dastlab 2011 yilda 5,5 tonna çavaq taşlagandik. Yiliga 10 tonnagaça baliq sotar edik. 4 fevraldan boşlab, bizni kölga ham yaqinlaştirmay qöyişdi», – deydi fermer Jaloladdin Karimov.
Şu örinda, otaning öğli nomidan ariza yozişga vakolati bormidi, degan savolga sudda oydinlik kiritilmaganini ta'kidlaş lozim. Vaholanki, Qöşnazar Karimov Jaloladdin Karimovning işonçli vakili bölgan taqdirda, notarius orqali tasdiqlangan işonçnomada unga fermer xöjaligi raisi nomidan yerni qaytarib oliş böyiça ariza yoziş huquqi ham unga berilgan bölişi kerak edi. Şundagina, ota öğlining nomidan yerni zaxiraga oliş, fermer xöjaligini tugatiş böyiça yozgan arizasi inobatga olinardi.
Fermer xöjaligi raisi ming bir umid va işonç bilan tuman ma'muriy sudining hal qiluv qarori ustidan Xorazm viloyat ma'muriy sudi apellyatsiya instansiyasiga murojaat qiladi, biroq bilmaydiki, bu yerda ham uning umidi puçga çiqadi.
2020 yil 10 iyun kuni bölib ötgan sud majlisida apellyatsiya instansiyasi hay'ati Qöşköpir tuman ma'muriy sudining «Jaloladdin» f/x rahbari J.Karimovning arizasi böyiça çiqargan hal qiluv qarorini özgarişsiz qoldirgan.
Vaholanki, fermer xöjaligi nizomining 1.6 bandida «Jaloladdin» fermer xöjaligining manzili, uning rahbariga doir ma'lumotlar berilgan. Mazkur nizomda J.Karimov nomidan uning otasi imzo qöyiş huquqiga ega ekani qayd etilmagan. Bu borada biror işonçnoma ham mavjud emas.
Bugungi kunda fermer xöjaligi raisi J.Karimov Oliy sudning Ma'muriy işlar böyiça sudlov hay'atiga nazorat tartibida şikoyat bilan murojaat qilgan bölib, adolat qaror topişiga umid qilmoqda.
Şu örinda, oxirgi 2-3 yilda mahalliy hokimliklar darajasida kuzatayotganimiz ayrim salbiy tendensiyalar haqida söz yuritsak.
Qaçongaça mahalliy hokimliklar darajasidagi muammo «salla desa, kalla» uslubida hal etiladi? Qaçon ular muammoni amaliy, konstruktiv, tadbirkorga kömak beriş uslubida hal etişga ötişadi?
Qaçongaça, har hokim almaşganida, yangi hokimning birinçi qiladigan işi fermerlarning yerini zaxiraga olib, boşqalarga qayta taqsimlaş böladi?! Respublika böyiça kuzatiladigan bunday boşboşdoqliklarning çeki-çegarasi bordir axir?