Qöşköpir tumani, Xonobod qişloğidagi «Izzat» fermer xöjaligi 1994 yildan beri faoliyat yuritadi. Dastlab çorvaçilik yönalişi böyiça iş boşlagan tadbirkorlik sub'yektiga 2016 yildan paxta-ğalla yönalişi ham qöşilib, köp tarmoqli fermer xöjaligiga aylantirilgan. 2019 yil yanvar oyidagi optimallaştiriş natijasida fermer xöjaligi yerlari umumiy hisobda 107,1 gektarga yetkazildi.

2020 yil 27 aprel kuni Qöşköpir tumani hokimligi tomonidan «Izzat» fermer xöjaligiga tegişli yerlar monitoringdan ötkazilib, «çigitning kam ekilgani, kultivatsiya işlari boşlanmagani, agrotexnika qoidalariga töliq rioya qilinmagani, zarur öğitlar kam sepilgani» aniqlanadi. Şu kunning özida hokimlik fermer xöjaligi rahbariga yer ijara şartnomasini ixtiyoriy bekor qiliş böyiça yozma ravişda taklif yuboradi. Ammo heç qanday javob bölmagaç, hokimlik sudga murojaat qiladi.

6 may kuni Şovot tumanlararo iqtisodiy sudi Qöşköpir tumani hokimligining «Izzat» fermer xöjaligi bilan yer uçastkasini uzoq muddatli ijaraga oliş şartnomasini muddatidan oldin bekor qiliş haqidagi da'vo arizasini körib çiqişni boşlaydi.

Da'vo arizasida 2020 yil paxta hosili uçun «WBM Qöşköpir klaster» MÇJ bilan «Izzat» fermer xöjaligi örtasida 75 gektar yer maydoniga çigit ekilişi rejalaştirilgan bölib, paxta yetiştiriş böyiça kontraktatsiya şartnomasi tuzilgani, ammo fermer xöjaligi 6 may kunigaça 67,5 gektar yer maydoniga çigit ekkani, ya'ni çigit 7,5 gektar yer maydoniga kam ekilgani bayon qilingan edi. Şuningdek, fermer xöjaligi tomonidan fosforli va kaliyli öğitlar me'yoriga nisbatan kam sepilgani, 54,5 gektar yer maydonida kultivatsiya işlari boşlanmagani, töliq agrotexnika qoidalariga rioya qilinmagani natijasida şartnoma majburiyatlari bajarilmaslik xavfi yuqori ekani körsatilgan.

Biroq, sud fermer xöjaligi bilan yer ijara şartnomasini muddatidan oldin bekor qiliş uçun rasmiylaştirilgan barça hujjatlar, ya'ni yer maydonlari ahvolini monitoring qiliş dalolatnomasi, Qöşköpir tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşining fermer xöjaligi bilan yer ijara şartnomasini muddatidan oldin bekor qiliş haqidagi xulosasi, Qöşköpir tuman hokimligi huzuridagi yer maydonlarini ajratiş masalalarini körib çiqiş böyiça komissiyaning xulosasi, şuningdek, Xalq deputatlari Qöşköpir tuman kengaşining qarori bir kunning içida – 27 aprel kuni rasmiylaştirilgani va şu kunning özidayoq fermer xöjaligiga ijara şartnomasini ixtiyoriy bekor qiliş böyiça taklif yuborilganiga e'tibor qaratgan.  

Bundan taşqari, da'vo arizasida «WBM Qöşköpir klaster» MÇJ bilan «Izzat» fermer xöjaligi örtasida 75 gektar yer maydoniga çigit ekilişi rejalaştirilgan bölib, paxta yetiştiriş böyiça kontraktatsiya şartnomasi tuzilgani, ammo fermer xöjaligi 6 may kunigaça 67,5 gektar yer maydoniga çigit ekkani, ya'ni, 7,5 gektar yer maydoniga kam ekilgani bayon qilingan. Ammo sudning aniqlaşiça,