Korrupsiyaga qarshi Davlat dasturi: Jabrlanuvchilar va guvohlar davlat himoyasida

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 fevral kuni 2017−2018 yillarda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturini tasdiqladi. Hujjat matni Lex.uz saytida e'lon qilindi.
Hujjat bilan mamlakat bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tashkil etiladi. Mazkur komissiya qarorlarini bajarish barcha davlat hukumat va boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Komissiya tarkibidan Adliya vazirligi, IIV, DSQ, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va Xo‘jalik sudlari, Savdo-sanoat palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Qonunchilik palatasi va Senat qo‘mitalari, «Mahalla» va «Nuroniy» jamg‘armalari, «Kamolot» harakati, ombudsman va boshqa tuzilmalar rahbarlari o‘rin oldi.
Davlat dasturida jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish Milliy dasturini ishlab chiqish belgilangan bo‘lib, u orqali mamlakatda huquqiy ta'lim va ma'rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar tashviqotini tubdan yaxshilash ko‘zda tutilgan.
Yaqin vaqtlar ichida «Davlat xizmati to‘g‘risida», «Davlat va xususiy sherikchilik to‘g‘risida», «Davlat xaridlari to‘g‘risida», «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish to‘g‘risida», «Jamoat nazorati to‘g‘risida», «Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida» va «Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida"gi qonun loyihalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Byudjyet mablag‘larini shakllantirish va sarflash jarayonining shaffofligini hamda ularning taqsimlanishi haqidagi ma'lumotlarning ommabopligini ta'minlash sohasida qo‘shimcha antikorruptsion chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
Boshqa tadbirlarni o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Mask asta-sekin siyosatdan ketishga va’da berdi
Jahon | 00:53
-
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
Jamiyat | 23:56 / 20.05.2025
-
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi
Jahon | 23:48 / 20.05.2025
-
Xitoy kosmik stansiyasidan noma’lum mikrob shtammi topildi
Fan-texnika | 23:35 / 20.05.2025
Mavzuga oid

18:29 / 09.04.2025
Britaniyada ma’lumotlar tahlili asosida «qotilliklarni bashorat qiluvchi» tizim ishga tushiriladi

15:31 / 24.03.2025
Oylikbot o‘rniga yangi dastur ishga tushiriladi

11:29 / 14.03.2025
Seriyali obligatsiyalar dasturiga talablar belgilandi

16:53 / 08.03.2025