Tanişing: Hamdu Sana Bilgin, turkiyalik 11 yoşli çöpon qiz va uning köppagi Tomi. Ular eçki va bolasini qutqarişgaç, dunyoga maşhur bölib ketişdi. Qizning maşhurligiga eçkiga körsatgan rahmdilligi sabab böldi.

Qizça Turkiyaning Rizo şahri atrofidagi qişloqlardan birida istiqomat qiladi. Uning oilasi eçkiçilik bilan şuğullanadi. 

Hamduga uy hayvonlarini boqişda Tomi laqabli iti yordam beradi. Bir kuni çöpon qiz qor bosgan toğ oralab hayvonlarni boqib yurar ekan, eçkilardan biri tuğayotganini sezib qolgan.

Şundan söng, Hamdu eçki va bolasi uyga qayta olmasligidan xavotirlanib, oddiy, ammo ajoyib qarorga kelgan.

"Eçki tuğişni boşlaganida men tödani uyga qaytarişga qaror qildim. Uydan ikkita böş ryukzakni olib Tomi bilan birga qaytdim", - deya hikoya qiladi Hamdu. 

Yoş çöpon ona eçkini ryukzakiga solib, öz yelkasiga, bolasini ikkinçi sumkaga joylab Tomining yelkasiga ortgan. Şu bilan ular betalofat uyga kelib olişgan.

Uning 15 yoşli akasi olgan suratlar dunyo ijtimoiy tarmoqlarida tobora ommalaşib ketmoqda. 

Qahramon qizning aytişiça, uyga qaytiş, yölni qalin qor bosgani sababli juda qiyin bölgan, "ammo şunga arzigan".