4,2 million oilaga limon yetishtirish va tovuq boqish uchun kreditlar beriladi
Vazirlar Mahkamasining «Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama uchun taqdim etildi.
Loyihaga ko‘ra, kelgusi 3 yil davomida mamlakatdagi xususiy dehqon xo‘jaliklariga 10 mingdan ortiq sitrus meva ko‘chatlari va 85 ming jo‘ja yetkazib berish rejalashtirilgan. Xo‘jaliklar qo‘shimcha sitrus mevalari va parrandachilik mahsulotlari yetishtirishi ko‘zda tutilgan.
Prognozlarga ko‘ra, xususiy dehqon xo‘jaliklarida limon yetishtirish va tovuq boqish ishlari bilan 4,2 mln oila shug‘ullanadi. Bu oilalar yetishtirgan mahsulotlar sotilishi uchun tumanlarda agrofirmalar tashkil etiladi.
Xo‘jaliklar issiqxonalar qurish va parranda saqlashga sharoit yaratish uchun kam foizli imtiyozli kreditlar olishi mumkin bo‘ladi. Markaziy bank tomonidan issiqxonalar qurish uchun beriladigan kreditlar muddati 5 yil, parrandachilik uchun ajratilayotgan kreditlar muddati esa 3 yilni tashkil etadi.
Ajratiladigan bank kreditlari sug‘urta kompaniyalari tomonidan kafolatlanadi. Buning uchun hukumat maxsus qaror qabul qilib, sug‘urta hamkorliklari tashkil etishni rejalashtirgan. Rejaga ko‘ra, bir tomon kafolatlangan mablag‘ni to‘lay olmasa, boshqalari to‘lashi kerak bo‘ladi.
Normativ-huquqiy aktlarni muhokama qilish portalida joylashtirilgan loyiha 17 fevralgacha muhokama qilinishi davom etadi. Qaror loyihasi o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar qo‘shilishi yoki butunlay bekor qilinishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
O‘zbekiston | 08:34
-
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj
Jamiyat | 07:53
Mavzuga oid

23:24 / 31.03.2025
Germaniyada bankir tovuqlar ijarasi bilan shug‘ullanish uchun ishdan bo‘shadi

09:20 / 03.04.2024
Toshkentda xavfsizlik talabiga javob bermagan tovuq go‘shti muomalaga kiritilishining oldi olindi

11:59 / 27.03.2024
Hammasi birgina xato sabab – odamlarni tovuqxo‘rga, uy bekasini millionerga aylantirgan 500 tovuq hikoyasi

14:30 / 26.11.2023