Xitoylik mutaxassislar noyob işlanma– eng kuçli va bir vaqtning özida dunyodagi eng kiçik kompyuterni taqdim etişdi. Bu haqda işlab çiqaruvçilar saytida xabar berilgan.

MeegoPad nomli qurilma bir neça bor kattalaştirilgan fleş xotira qurilmasiga öxşaş bölib, hajmiga köra uyali telefonni eslatib yuboradi.

MeegoPad T08 tört yadroli Intel Atom x5-Z8350 protsessori, 4 gigabayt operativ xotira va 32 gigabaytli qattiq disk bilan jihozlangan. U öziga öxşaş bölgan uskunalar orasidagi eng kuçlisidir.

Kompyuterda bir neça port bölib, şuning yordamida bir vaqtning özida uni ikkita monitorga ulaş mumkin.

Kompyuter Wi-Fi tarmoqlarida ham işlab, microSD (128 gigabaytgaça) xotira kartasi va korpusni sovutiş uçun kiçik ventilyatorga ega.

Qurilmani 155 AQŞ dollariga xarid qiliş mumkin.