Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligida 2017 yil 7 fevral kuni Yaponiya universitetlari professorlari bilan uçraşuv bölib ötdi.

Tokio universiteti, Tokio qişloq xöjaligi va texnologiyalar universiteti, Yaponiya xalqaro universiteti (biznesni boşqariş), şuningdek, Nagoya, Yokogama, Xiroşima universitetlari professorlarini      Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari Inomjon Madjidov qabul qildi.

Uçraşuvda JDS loyihasi böyiça 2017-2018 loyihayilida kadrlar tayyorlaş uçun stipendiyalar ajratiş masalalari muhokama qilindi.

Vazirlik tomonidan suhbatlar va tanlov jarayonlarida inobatga olinişi zarur bölgan jihatlar, respublikamiz oliy ta'lim tizimidagi ustuvor yönalişlarga e'tibor qaratildi.

Tadbirda Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi (JICe) Boş vakolatxonasi vakillari ham iştirok etişdi.