YouTube videoservisidagi eng ommabop foydalanuvçilar portalda öz mobil qurilmalari yordamida translyatsiya olib borişlari va buning uçun pul olişlari mumkin böldi. Bu haqda YouTube rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotda aytiladi.
Unga köra, gap jonli efirda servis foydalanuvçilari smartfonlaridan tovuş va tasvirlarni translyatsiya qiliş haqida bormoqda. Avvaliga uşbu funksiya 10 mingdan ortiq doimiy kuzatuvçiga ega YouTube foydalanuvçilariga taqdim etiladi. Keyinçalik esa undan barça foydalanişi mumkin.
Videoservis xodimlarining ta'kidlaşiça, “yuz minglab iste'dodli kişilar vositaçilarsiz öz fikrlari bilan bölişiş, hayotlari va ijodlari haqida hikoya qiliş imkoniga ega bölişadi”.
YouTube bayonotida aytilişiça, bu tarzda translyatsiya olib boriş juda oson – bir neça tugmaçalarni bosiş kifoya. Şu bilan bir qatorda, bunday translyatsiyalarga nisbatan servis yordamida yuklangan boşqa videolarga qöllaniluvçi harakatlarni amalga oşiriş ham mumkin böladi.
Hujjatda aytilişiça, “jonli efirda videotranslyatsiyada YouTube’ning işonçli infratuzilmasi işlatiladi”.
Videoservis saytida, şuningdek, Super Chat nomli boşqa funksiya haqida ma'lumot bor. U videotranslyatsiya olib boruvçilarga pul işlab topiş imkoni beradi.
Bunda barça foydalanuvçilar namoyiş vaqtida öz izohlarini qoldirişlari mumkin bölgani holda, Super Chat yordamida mablağ evaziga alohida xabarlarni e'lon qiliş ham mumkin böladi. Ular ekranda uzoqroq – beş soatgaça qoladi va maxsus vizual effektlar bilan körsatiladi.
Kompaniya bunday xabarlarni joylaştiriş qançaga tuşişiga oydinlik kiritmagan. Avvaliga Super Chat’ni öz videolari translyatsiyasida yoqiş va pul topiş imkoni 20ta mamlakat fuqarolariga taqdim etiladi.












