Amerika, Britaniya va Fransiya olimlari Antarktida qa'rida 4ta qurib qolgan kölni aniqlaşdi. Tadqiqotga bağişlangan maqola The Cryosphere jurnalida çop etilgan.
Özaro bir-biri bilan boğlangan 4ta köl qit'a ğarbidagi Amundsen dengizi yaqinida joylaşgan Tueyts şelf muzligi ostida yaşiringan. 2013 yil iyunidan 2014 yil yanvariga qadar köllarning suvlari dunyo okeaniga qöşilgan.
Muzosti köllarining umumiy maydoni 700 kvadrat kilometrni taşkil etadi. Ulardan dunyo okeaniga qöşilgan suv miqdori 3,5 kub kilometrni taşkil etgan. Suv oqimining eng yuqori tezligi, olimlarning hisob-kitoblariga köra, soniyasiga 240 kub metrni taşkil etgan. Bu ğarbiy Antarktidadagi şu kabi jarayonlar uçun eng yuqori natijadir.
Muzosti köllarining qurib qolişi, tadqiqotçilaring aytişiça, 20-28 yillik davrda qayta sodir bölib turadi. Bu esa, Tueyts muzligining okean tomon sirpanişini 10 foizga tezlaştirgan. Şu bilan dunyo okeani sathining qisman kötarilişiga sabab bölgan.
Olimlarning xulosa qilişlariça, Tueyts muzligi 200-900 yillardan söng töliq okeanga qöşiladi. Köllar CryoSat-2 sun'iy yöldoşi vositasida aniqlangan.












