Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangilangan reytingini e'lon qildi. Özbekiston milliy terma jamoasi 554 oçko bilan 63-örinda qayd etildi.

Qayd etiş kerakki, terma jamoa avvalgi oydagi körsatkiçiga nisbatan 2 poğona pastlagan.

Özbekiston OFKga a'zo terma jamoalar orasida 6-örinda qoldi. Eron 798 oçko bilan Osiyo mamlakatlari orasida peşqadamlikni saqlab qolgan. Janubiy Koreya 691 oçko bilan qit'ada 2-poğonani egallagan bölsa, Yaponiya 629 oçkosi bilan kuçli uçlikdan joy olgan.

Eron – 32-örin;
Janubiy Koreya – 39-örin;
Yaponiya – 52-örin;
Avstraliya – 54-örin;
Saudiya Arabistoni – 56-örin;
Özbekiston – 63-örin;
BAA– 68-örin.

JÇ–2018 turniriga uçinçi saralaş bosqiçida Özbekiston bilan bir guruhdan örin olgan Qatar öz örnini saqlab qoldi. Xitoy 5 poğona pastlagan bölsa, Suriya terma jamoasi 3 öringa kötarildi.

Qatar — 85-örin;
Xitoy — 86-örin;
Suriya — 93-örin.

FIFA reytingida hamon Argentina (1635 oçko) yetakçilik qilmoqda. Ikkinçi örinni Braziliya (1529 oçko) egallab turgan bölsa, uçinçi örinda Germaniya (1433 oçko) joylaşgan. 

Jadvalda 4–10-örinlarni mos ravişda Çili, Belgiya, Fransiya, Kolumbiya, Portugaliya, Urugvay va Ispaniya terma jamoalari band etgan.