Aftidan, uçuvçisiz havo qurilmalari tez orada nafaqat yer atmosferasida, balki kosmosda ham qöllaniladi. Sinxua agentligining xabar berişiça, Xitoy aerokosmik akademiyasi muhandislari ularga katta umid boğlaşmoqda. Ular 2017 yilda quyoş batareyasida işlovçi uçuvçisiz havo qurilmasini sinab körişni rejalaştirişmoqda. Ni-news şu haqida xabar berdi. 

Şi Ven rahbarligidagi muhandislar jamoasi tomonidan avtonom boşqariluvçi havo qurilmasi işlab çiqildi. Hozirga kelib test namunasi bir qator muvaffaqiyatli parvoz sinovlarini yer şaroitlarida  yakuniga yetkazdi, endi esa qurilmani orbitaga çiqarişga qizğin tayyorgarlik körilmoqda. Qurilmaning aniq texnik xususiyatlari haqida ma'lumotlar yöq. Biroq şunisi ma'lumki, uçuvçisiz qurilmaning qanot ölçamlari Boeing 737 qanotlarini ortda qoldiradi. Sinov tajribasi davomida esa qurilma tezligi soatiga 150-200 kilometrga yetgan. Şi Venning sözlariga köra, 

"Hajmiga köra, bu NASA tasarrufidagi quyoş energiyasida işlovçi dunyodagi ikkinçi qurilma. Bizning dronimiz juda yuqori balandliklarda yetarliça uzoq vaqt davomida zaryadsiz parvoz qila oladi".

Muhandislarning ta'kidlaşiça, kosmik drondan asosan radiolokatsion qidiruv, havo razvedkasi, tabiiy ofatlar va meteorologik kuzatuvlar monitoringi, şuningdek telekommunikatsiya va aloqa retranslyatsiyasi maqsadlarda foydalaniladi. Ta'kidlaş joizki, qurilma maketi jamoatçilikka birinçi marta Çjuxaydagi Airshow China — 2016'da namoyiş etilgan.