Eron Tehrondan şarq tomonda joylaşgan parvoz maydonçasidan yana bir raketani uçirdi. Aynan şu maydonçadan yanvarda raketa uçirilgandi. Bu haqda amerikalik amaldorga iqtibos keltirgan holda Fox News telekanali xabar bergan.
Ma'lum qilinişiça, "yer-havo" turidagi kiçik masofalarga möljallangan Mersad raketasi 8 fevralda uçirilgan. U uçirilgan joyidan 56 km uzoqlikda yerga tuşgan.
30 yanvarda Eron örta masofalarga möljallangan ballistik raketa sinovini ötkazgani ma'lum qilingandi. AQŞ şu munosabat bilan 3 fevralda Eronga yangi sanksiyalar kiritgan.












