Saudiya Arabistoni va Turkiyaning mintaqadagi muammolarga nisbatan nuqtai nazarlari töliq mos keladi, dedi Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Odil Al-Jubayr. Sky News Arabia telekanali şu haqida ma'lum qildi.
"Saudiya Arabistoni va Turkiyaning Iroq hamda Suriya, şuningdek Eronning mintaqadagi işlarga aralaşuviga nisbatan pozitsiyalari mos keladi... Biz Suriya xalqining urinişlarini röyobga çiqariş uçun uning birligini saqlab qolişga harakat qilamiz", - dedi Al-Jubayr Anqaradagi matbuot-konferensiyasida.
U Ar-Riyod Turkiyaning terrorçi guruhlarga qarşi harbiy harakatlarini qöllab-quvvatlaşini qöşimça qildi.
Qirollik TIV rahbarining ta'kidlaşiça, Ar-Riyod va Anqara mintaqada mavjud muammolarni bartaraf etiş uçun barça sohalarda hamkorlik qilişga harakat qilişmoqda.
Kelasi haftada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Fors körfazi mamlakatlari böylab safari doirasida Saudiya Arabistoniga ham taşrif buyurişi kutilmoqda.












