15 avgustda The New York Times gazetasi Amazon kompaniyasidagi iş şaroitlari haqida katta maqola çop etdi — Amerika kompaniyasining 100ga yaqin sobiq va amaldagi xodimlari AT-gigantiga "işçilarning bor imkonini siqib oliş"ga yordam beruvçi mehnatni optimallaştirişning "ayovsiz" tizimi haqida sözlab berişdi.
Facebook ijtimoiy tarmoği va Asana servisi hammuassisi Dastin Moskvits özining Medium'dagi blogida an'anaviy 8 soatlik grafik nafaqat xodimlar, balki kompaniyalar uçun ham foydali ekanini ta'kidladi. Moskovitsning şu mavzudagi maqolasi vc.ru'da taqdim etildi.
"Amazon — öz xodimlariga katta talablar qöyadigan yagona kompaniya emas. Bunday salbiy muhitdan çiqiş vaqti keldi.
Ötgan haftada men Berklidagi SPARC'ning serğayrat talabalar guruhi bilan suhbatlaşdim. Bir neça kişi mening nimalarni oldindan bilişni xohlaşim, şuningdek iş faoliyatimning avvalgi davri bilan boğliq afsuslarim haqida söraşdi - men doim öz hayotimni boşqaça yaşab ötişni istaşim töğrisidagi ğoyaga qaytaman.
Men köproq uxlaşni, şuningdek muntazam ravişda sport bilan şuğullanişni xohlardim. Nima iste'mol qilayotganimga köproq ahamiyat berişni istardim. Menga ösişga yordam bergan yangi faoliyat turlariga köproq vaqt ajratişni xohlardim.
Öylaşingiz mumkin: agar ustuvor jihatlarni bunday joylaştirsangiz, umumiy işga qöşadigan hissangiz kamaymaydimi? Ehtimol, Facebook nisbatan kamroq muvaffaqiyat qozongan bölarmidi?
Aslida esa men avvalgidan-da samaraliroq işlaşim mumkinligiga işonaman: masalan, eng yaxşi yetakçi yoki bundan-da unumdor işçi. Vahimalarim kamroq bölardi, soğliğimdagi ba'zi muammolar bölmasdi. Hamkasblarim bilan kamroq ziddiyatga borardim, çunki asosiy diqqatni işga qaratgan bölardim. Kiçik muammolardan kamroq taşvişga tuşgan bölardim.
Qisqasi, energiyam köproq bölardi va men undan aqlni işlatgan holda foydalanardim. Baxtliroq bölardim. Mana nimadan afsusdaman: men özimni ikki variantdan birini tanlagan odamdek his qilmayman. Yöq, men ikki tomondan ham ahmoqona qurbonlik qilganman.
Bu haftada texnologiya sanoati New York Times'ning maqolasini faol muhokama qilmoqda. Köpçilik bu maqolani bir tomonlama deb hisoblamoqda. Ba'zi insayderlar esa kompaniyani ommaviy himoya qilişga qaror qilişdi.
Biroq, menimça, aksariyat kişilar Amazon tizimi murakkab ekanligi bilan bahslaşişmaydi, bu kompaniyada işlaş uçun esa haqiqatda bor kuçni sarflaşga töğri keladi. Umuman olganda, bu texnologiya sanoatining asosi hisoblanadi: nomdor kompaniyalarda xodimlar bor kuç bilan işlaşadi - bu köpçilikka ilojsizdek tuyuladi.













