Sobiq ittifoqning maşhur futbol darvozaboni, hozirda Tulaning "Arsenal" klubi darvozabonlari murabbiyi Vyaçeslav Çanovning ukasi Viktor Çanov 57 yoşida vafot etdi, deb xabar bermoqda "R-Sport" naşri.

Sobiq ittifoqning 3 karra çempionining vafoti haqida uning yaqinlari ma'lum qilişgan. Futbolçi 8 fevralda hayotdan köz yumgan. Çanovning vafoti sabablari ma'lum qilinmagan. Biroq internetdagi ma'lumotlarga köra, sobiq darvozabonning vafotiga 2017 yil 20 yanvarda noma'lum kimsalar tomonidan qilingan hujum oqibatida olgan boş miya-çanoq jarohati sabab qilib körsatilgan.    

Viktor Çanov Donetskning "Şaxtyor" (1978-1981), Kiyevning "Dinamo" (1982-1990), Isroilning Xayfa şahridan "Makkabi" (1990-1993) va "Bney Iyegudu" (1993-1994) klublarida öynagan. Bundan taşqari, Çanov Sobiq ittifoq terma jamoasi safida 21 ta öyinda maydonga tuşgan. Bu öyinlar orasida 1986 yilgi jahon çempionati va 1988 yilgi Yevropa çempionati final bosqiçlaridagi öyinlar bor. Yevro-1988’da Sobiq ittifoq terma jamoasi finalgaça yetib borib, u yerda Gollandiya terma jamoasiga imkoniyatni boy bergandi.     

1995 yilda Çanov murabbiylik faoliyatini boşlagan hamda Kiyevning TsSKA va "Dinamo" klublarida faoliyat yuritgan.

1986 yilda Sobiq Ittifoqda "Yil darvozaboni" deb topilgan. 1986 yilda Kiyevning "Dinamo" klubi safida Kubok egalari kubogi ğolibi bölgan.