Vadim Abramov şogirdlari 12-daqiqada himoyadagi pala-partişliklardan keyin öz darvozalaridan töp ötkazib yuborişdi – 0:1.

33-daqiqada esa raqiblar kamçilikda qolişdi. Jamoamiz darvozasiga gol urgan raqib futbolçisi Yuriy Kendiş qöpolligi uçun maydondan çetlatildi. Şunga qaramay, son jihatdan kamçilikda qolgan Soligorsk klubi vakillari öyinda ustunlik qilib, 49-daqiqada farqni ikkitaga oşirdi. Darvozabon Botirali Ergaşev qöpol xatoga yöl qöyib, töpni raqib futbolçisiga uzatib qöydi. Bundan foydalangan Ezze Okeuxi deyarli böş darvozani işğol etdi – 0:2.

Oradan beş daqiqa ötar-ötmas, belaruslar hisobdagi farqni yirik körinişga keltirişdi. Jarima maydonçasiga uzatilgan töpni himoyaçilarimizdan balandroq sakragan Şindagoridze Ilyosov darvozasiga joylab qöydi – 0:3.

Hisob yirik köriniş olgaç, vaziyatlardan birida futbolçilar orani oçiq qilişga kirişib ketişdi. Raqib futbolçisi Murod Xolmuhammedovning yuziga tarsaki tortgaç, janjalni Vadim Abramov boşçiligidagi murabbiylar tinçitişiga töğri keldi. Hakam esa vaziyatga sababçi bölganlarni ogohlantiriş bilan çeklandi, xolos.

Öyin oxirigaça raqibdan biri kişi köp bölib harakat qilgan özbekistonlik futbolçilar hisobdagi farqni özgartira olmay, yiğin doirasidagi 3 öyindan 2tasida ham yirik hisobdagi mağlubiyatni tan olişdi. 

Milliy jamoamiz bungaça örtoqlik bahslarida «Zenit»ga 0:4 hisobida mağlub bölgan, Iordaniya ustidan esa 2:0 hisobida ustun kelgandi. 

Örtoqlik öyini. Dubay.
17 fevral (çorşanba)
Özbekiston - «Şaxtyor» (Belarus) – 0:3
Gollar: Yuriy Kendiş 12, Ezze Okeuxi 49, Şindagoridze 55.
Özbekiston: Botirali Ergaşev, Hojiakbar Alijonov ( Murod Xolmuhammedov, 46), Igor Golban, Islom Qobilov, Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov (Akmal Mozgovoy, 57), Nurullo Töxtasinov, Sanjar Qodirqulov (Aziz Turğunboyev, 57), Husniddin Ğofurov (Oybek Bozorov, 65), Hojimat Erkinov, Mirjahon Mirahmadov.