Klub rasmiy saytiga köra, ukrainalik 22 yoşli vinger London klubi bilan 8,5 yillik şartnoma imzolagan. Mudrik bugun, 15 yanvar kuni Londonga yetib kelib, tibbiy körikdan ötdi. Ukrainalik vinger yangi jamoasida yillik 7,5 million yevro maoş oladi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozişiça, «aristokratlar» 22 yoşli vinger uçun Ukraina klubiga bonuslar bilan birga 100 million yevro tölaydi. 

Avvalroq, «Arsenal» Mudrik transferi böyiça kelişuvga yaqin ekani, Ukraina klubi londonliklarning 68+28 million yevrolik taklifini oşirişni sörayotgani haqida xabar qilingandi. 

Ma’lumot uçun, Mudrik UPL joriy mavsumida 12 öyinda 7 ta gol va 7 ta assist qayd etgan. YeÇLda esa 6 öyinda 3 ta gol va 2 ta assistga erişgan.

Ma’lumot uçun, Mudrik Ukraina futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Bungaça «MYu» «Şaxtyor»dan Fredni 59 million yevroga sotib olgani, klubning eng qimmat transferi sanalardi.