Ukrainaning «Şaxtyor» klubi boş murabbiyi Arda Turon Konferensiyalar Ligasidan örin olgan Irlandiyaning «Şemrok Rovers» (2:1) klubiga qarşi Dublinda ötkazilgan öyindan keyin öz fikrlarini aytdi.

Turkiyalik mutaxassis Irlandiyaga yetib oliş uçun jamoa juda köp vaqtini yölda ötkazganini ta’kidladi.

«Negativ gapirmoqçi emasman, futbolçilarimga minnatdorlik bildiraman. Bu yerga 16 soat yöl bosib keldik. Şaroit yaxşi bölsa-da, 16 soatlik yöl oson emas. Samolyotdan tuşib faqat tiklaniş maşğulotini ötkazdik. Çunki uzoq vaqt yöl bosib ötilganidan keyin tölaqonli maşğulot ötkaziş deyarli ilojsiz», dedi u.

Arda Turon qiyin vaziyatlarda ukrainaliklardan örnak olişini, oğir vaziyatlarda ijobiy fikrlaşni ulardan örganganini ta’kidladi.

«Boşqa tomondan olib qarasak, hamma narsaga ijobiy baho berişga harakat qilaman. Buni kimdan örganganimni aytaymi? Ukrainaliklardan. Men u yerga boraman, bombalar yoğiladi, ular esa xotirjam: «Xöp, bu şunçaki raketa», deydi. Ular uçun dron muammo emas, keça şunga duç keldik. Ularni juda hurmat qilaman, negativ tomonlar juda köp, yuzlab topiladi. Ammo ijobiy nazar solamiz. Va yana dunyo yetakçilariga murojaat qilmoqçiman. Bilmadim, balki Tramp, balki Putin yoki Erdöğan yoki Zelenskiyga. Hozir bolalarga juda oğir, ular uruş nima ekanini öylayaptimi? Ular Mars yoki boşqa narsalar haqida öylaşi mumkin edi. Lekin hozir uruşning vaqti emas. Agar Kiyevda loaqal bir tunni ötkazsangiz, şunda futbol haqida gapira olasiz. Bu odamlar şularning barçasidan ötadi. Ularni juda hurmat qilaman, ukrainaliklarni yaxşi köraman. Futbolçilarimni ham yaxşi köraman, ğalaba qozonsa ham, yutqazsa ham. Bu menga muammo emas. Ukrainaliklar men uçun oilamdek bölib qolganini his qilyapman. Bu men uçun juda hissiyotli», dedi Arda Turon.

«Şaxtyor» klubi Konferensiyalar Ligasida 4 öyindan keyin 9 oçko jamğarib, peşqadamlar safida bormoqda.

38 yoşli Turon 2025 yil may oyidan beri «Şaxtyor» klubiga murabbiylik qilmoqda. Ötmişda u «Galatasaroy», «Atletiko Madrid» va «Barselona» kabi klublarda töp tepgan. Turkiya milliy jamoasi safida 100 ta öyinda maydonga tuşib, 17 ta gol urgan.