Sport | 15:10 / 10.02.2017
7941
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya hukumati mamlakat futboliga aralasha boshladi

Tez orada Angliya futbol assotsiatsiyasida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Britaniyaning yetakchi nashrlari tomonidan yozilishicha, ingliz parlamenti federatsiyaga nisbatan ishonchsizlik votumi e'lon qilgan. Parlament a'zolari FA bu qarorni rad etadigan bo‘lsa, ularga davlat tomonidan modernizatsiya uchun ajratiladigan 30-40 million funt miqdoridagi mablag‘ berilmasligi bilan ogohlantirgan. Shuningdek assotsiatsiyada o‘zgarishlar bo‘lmasa, parlament keskin choralar ko‘rishini bildirib o‘tgan.

FA faoliyatini tadqiq qiluvchi qo‘mita 2010 yildan buyon 2 marta tashkilotga ko‘proq e'tiborni muxlislar va ommaviy futbolga qaratish bo‘yicha tavsiyaviy bayonot bilan chiqqan.

FA‘ga buning uchun 6 oy muhlat berilgan, biroq bu talablar bajarilmagan. Shuningdek, assotsiatsiya rahbariyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari va tayinlanish muddati bo‘yicha ham talablar ijrosiz qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat futbol ittifoqiga Hukumatning aralashuvi jiddiy sanksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin. Misol tariqasida, Angliya FIFA va UYeFA bayrog‘i ostida o‘tadigan barcha turnirlardan chetlatilish xavfi ostida qolmoqda.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid