Turkiya ta'lim jamğarmasi işining ilk beş oyida uning hisobiga Fathulla Gulenning FETÖ terrorçilik oqimi tarafdorlarining 11 mamlakatdagi ta'lim muassasalarini ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi.
Gulen tarafdorlari dunyoning 113 ta maktabida 688 ta ta'lim muassasasi oçganlar.
Jamğarma hisobiga FETÖ’ning Somali, Gvineya, Nigerdagi maktablari topşirildi. Şuningdek, jamğarma hisobiga Gulenning Senegal, Mavritaniya, Çad, Gabon, San-Tome va Prinsipi, Burkina Faso, Pokiston va Afğonistondagi maktablarini topşiriş böyiça kelişuv imzolangan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, bugungi kunda Avstraliyada Gulen tarafdorlarining 15 ta, Amerika qit'asining 9 ta davlatida 150 ta, Afrikaning 36 ta davlatida 106 ta, Yevropaning 35 ta davlatida 175 ta, Osiyoning 32 ta davlatida 242 ta maktabi faoliyat yuritmoqda.
FETÖ maktablarining jamğarma hisobiga yana 17 ta davlat: Bosniya va Gertsegovina, Hindiston, Albaniya, Tailand, Kamboja, Şimoliy Kipr Turk respublikasi, Avstraliya, Daniya, Iroq, Moldova, Saudiya Arabistoni, Singapur, Malayziya, Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Sudandagi maktablarini topşiriş böyiça muzokaralar davom etmoqda.












