Xitoy Agrar banki inkassatorlik xizmati işçisi tört qöriqçini doğda qoldirib, uni yollagan taşkilotni 870 ming dollarga tunab ketdi. Bu haqda China Daily gazetasi xabar berdi.

Naşr ma'lumotiga köra, hodisa Lyaonin viloyatidagi Inkou şahrida röy bergan. Zirhlangan avtomobil taxminan 5 million dollarni olib ketayotgan bölgan, biroq belgilangan yönalişdan çiqib ketgan.

Jinoyatçi qöriqçilarning qurollarini tortib olib, söng ularni mahkam boğlab qöygan. U bularning barçasini öyinçoq töpponça yordamida amalga oşirdi. Erkak pullarning bir qismini olib qoçib ketgan. Huquqni muhofaza qiliş organlari sakkiz soatdan söng jinoyatçini öz xonadonida qölga olişdi. Uşbu holat böyiça suriştiruv olib borilmoqda.