10 fevraldan 11 fevralga ötar keçasi Quyoş, Yer va Oy deyarli bir çiziqqa tizilişadi. Bu biroz noaniqlik sababli Oy Yerning faqatgina yarimsoyasiga kiradi va yarmiga tutiladi.

11 fevralda Oy Yerning yarimsoyasiga Toşkent vaqti bilan soat 3:30larda kira boşlaydi va uning gardişi sekin qoronğilaşib boradi. Soat 5:44da Oyning maksimal qoronğilaşişini köriş mumkin. Şundan keyin Oy Yerning yarimsoyasini sekin-asta tark etadi va yorqinroq böla boşlaydi.  

Agar Quyoş, Yer va Oy bir töğri çiziqqa ideal tizilsa, Oy töliq tutiladi. Öşanda u qizil-alvon rangga kirib, töliq oy tutilişi yuz beradi. Bu hodisani qurollanmagan köz bilan ham bemalol köriş mumkin. Afsuski, bugungi keça va umuman joriy yilda bu hodisa yuz bermaydi. Biroq 2018 yilda Yer aholisini ikkita töliq oy tutilişi kutmoqda.

Joriy oy tutilişi sxemasini Time And Date resursida köriş mumkin, bu yerda öz şahringizni tanlaşingiz mumkin. 

Ta'kidlanişiça, yuqoridagi hodisani kuzatişga arzimas bulutlilik ham xalaqit qiladi.