Ötgan yilning yoz va kuz oylari Qaşqadaryo viloyatining Qarşi va Kasbi tumanlaridagi ayrim qişloqlarda yaşovçi fuqarolar uçun ança taşvişli keldi. Göyo qişloqqa böri oralagandek, goh semizgina hökiz, goh sigir va buzoqlar ğoyib böla boşladi. Kimdir bu haqda içki işlar organiga xabar qilsa, kimdir molim özi yeçilib dalaga çiqib ketgandir deb uni özi qidirişga tuşar, ammo barça harakatlari zoye ketardi, deb yozadi “Postda” gazetasi.
Birovning mulkiga köz olaytirayotgan kimsalarni aniqlab, qölga oliş borasida tezkor-profilaktik çora-tadbirlar belgilandi. Tuman içki işlar bölimlari tomonidan tajribali jinoyat qidiruv xizmati xodimlari, profilaktika inspektorlari hamda qişloq faollari jalb etilgan holda, öğriliklarning oldini oliş va foş etiş böyiça tungi guruhlar taşkil etildi. Bu, albatta, köp ötmay öz natijasini berdi. Oradan köp ötmay, uşbu jinoyatlarni sodir etgan kimsalar aniqlanib, qölga olindi.
...2016 yilning 15 oktabrga ötar keçasi taxminan soat 02:30larda viloyatning Qarşi tumanidagi Poşton qişloği hududida tungi guruh tarkibida xizmatga jalb etilgan içki işlar organi xodimlari şubhali holatga duç kelişdi.
Qişloq yölidan çiqqan oq rangli “VAZ-21011” rusumli avtomaşinaga töxtaş işorasi berildi. Haydovçi esa töxtaş örniga, tezlikni oşirib, rulni katta yöl tomon burdi. Ammo şoşilganidanmi yoki “Jiguli”ning eskiligi pand berdimi, nima böldi-yu, maşina öçdi-qoldi.
Bu orada xodimlar yetib kelişdi. Yetib kelişdi-yu, avtomaşina saloniga qarab, hangu mang bölib qolişdi: u yerda hökiz çökkalab turardi...
Xodim maşina hujjatlarini tekşirganidan söng hökiz kimniki ekani bilan qiziqdi. Yölovçi xuddi toş qotgan haykaldek bezraygança xodimga qarab turar, uning arqon uşlagan qöli bilinar-bilinmas titrardi. Bu xodimlarning şubhasini yanada oşirdi.
Xodim ratsiya orqali navbatçilik qismiga voqea haqida xabar berdi. Olib borilgan tezkor suriştiruv işlari natijasida viloyatning Koson tumanidan bölgan biri 50, ikkinçisi 53 yoşdagi bu kimsalar Kasbi tumanidagi Denov qişloğida yaşovçi bir fuqaroning dalada boğloqlik turgan hökizini öğirlab ketayotganliklari ma'lum böldi. Jinoyat joyidan ularning qöl va oyoq izlari topildi. Qolaversa, jinoiy guruhning yana bir nafar şerigi bölib, uçovlon kunduzi qarovsiz qoldirilgan çorva mollarini kuzatib, tunda kelib ularni öğirlaş bilan şuğullanganligi, muqaddam bir neça bor sudlanib çiqqan 53 yoşli N. ismli şaxs jinoiy guruh tuzib, rahbarlik qilib kelgani oydinlaşdi. “Kör körni qoronğida topadi” deganlaridek, u muqaddam sudlangan A.ni öziga şerik qilgani yetmaganidek, öğirlik jinoyati sodir etgani uçun bir marta sudlanib çiqqan 32 yoşni qoralagan jiyanini ham jinoyat köçasiga boşlaydi.











