Turkiya politsiyasi terrorçilikka qarşi kuraş amaliyoti davomida mamlakatda taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasining a'zolarini qölga oldi. Ikki kun davomida taxminan 599 nafar inson qölga olindi, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Xabar qilinişiça, Kurdiston işçi partiyasiga aloqadorlikda gumonlangan 544 şaxs kuni keça Turkiyaning 25 viloyatida qölga olingan. Yana 55 nafar inson seşanba kuni Anqara şahri va Van, Muş, Adana hamda Agri viloyatlarida qölga olindi.

Turkiyada 2015 yilning iyulida Kurdiston işçi partiyasi bilan qurolli mojaro tiklanganidan söng, kurd isyonçilari hujumlari oqibatida taxminan 900 nafar harbiy va politsiyaçi halok böldi, şuningdek, oddiy fuqarolardan 300 nafari qurbon böldi. Turkiya boş ştabi bu davr mobaynida taxminan 10 mingga yaqin Kurdiston işçi partiyasi a'zolari qölga olinganini xabar qildi.