Belarusda işlab çiqariladigan va Özbekistonga olib kiriladigan yangi transport vositalari aksiz soliğidan ozod qilindi.
Xususan, bu quyidagi maşinalar turlariga taalluqlidir: yangi egarli şatakçilar (8701 20 101), yuklarni taşiş uçun yangi motorli transportlar (8704 22 910, 8704 23 910 4, 8704 23 910 9, 8704 32 910) va yuklarni taşiş uçun qolgan motorli transportlar (8704 90 000 0).
Bu imtiyoz Qozoğiston, Rossiya va Ukrainada işlab çiqariluvçi va olib kelinuvçi yangi transport vositalariga ham joriy qilingan.








