«Barselona» klubi boş murabbiyi Luis Enrike «PSJ» bilan öyindagi mağlubiyat haqida fikrlarini bildirib ötdi. Eslatib ötamiz, Parijdagi «Park de Prens» stadionida keçgan bahs 4:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal böldi.

«Bu biz uçun dahşatli keça böldi. „PSJ“ bizdan barça jihatlarda – töp bilan harakat qilişda ham, töpsiz öynaşda ham kuçli edi. Yakuniy natija maydondagi vaziyat haqida töliq taassurot beradi. Men bu haqda muxlislarimizga ortiqça gapirişni istamayman.

Natija uçun mas'uliyat mening böynimda. Agarda mağlubiyatga aybdor bölganga barmoqlaringiz bilan niqtab körsatmoqçi bölsangiz, bu öyinçilar emas, balki menman. Sababi uşbu futbolçilar boşqa kunlarda ğalaba ham qozonişadi. Biz Messi köproq töpga egalik qilişi uçun öyin sxemasini 4-3-3dan 4-2-3-1ga özgartirdik, biroq yakunda nima bölganini özingiz kördingiz.

„PSJ“ning bunday öyini hayratga solmadi. Ular Di Mariya kabi juda mohir öyinçilarga ega, şuningdek zaxira örindiğida ham ajoyib futbolçilar bor. Ular yuqori öyin darajasini körsatib, ğalabaga bölgan intilişni namoyon eta bilişdi», - deya Enrikening sözlarini keltiradi Marca naşri.