«PSJ» futbol klubi Çempionlar ligasining 1/8 finali ilk uçraşuvida «Barselona»ga heç qanday imkoniyat qoldirmadi. Parijdagi «Park de Prens» stadionida keçgan bahs 4:0 hisobida yakunlangan.
«Barselona» forvardi Lionel Messi butun uçraşuv davomida maydonda harakat qilib, parijliklar jarima maydonçasi yaqinida biron marta ham töpga tega olmadi. Bunday holat argentinalik bilan joriy mavsumda ilk bora röy berdi, avval u raqib jarima maydonçasida töpga heç bölmasa bir bora tekkandi.
«PSJ» va «Barselona» jamoalarining javob uçraşuvi 8-mart kuni Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida bölib ötadi.











