Tadqiqot uylanganlarning uylanmaganlardan qanchalik sog‘lom bo‘lishiga oydinlik kiritdi

Uylanganlar va uylanmaganlar o‘rtasidagi farq nimada ekani xususida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Albatta, ularning oila qurgan yoki qurmaganligida. Ammo, Karnegi-Mellon universiteti ruhshunoslari shu ikki toifa insonlarning yana bir jihatini ham aniqlashdi. Uylanganlar uylanmagan erkaklarga qaraganda sog‘lomroq bo‘lishadi, deyishmoqda tadqiqotchilar. Olimlarning fikricha, oilali erkaklarning stress gormoni kortizol darajasi oila qurmagan yoki ajrashganlarga nisbatan pastroq bo‘ladi. Ilmiy izlanish natijalari Psychoneuroendocrinology jurnalida e'lon qilindi.
Tadqiqotchilar uch kun mobaynida har 24 soatda 21–55 yoshdagi 572 nafar ko‘ngillilarning so‘lagidan namunalar olishdi. Nikohda bo‘lgan ishtirokchilarning kortizol miqdori boshqalarnikidan pastroq edi. Olimlar, shuningdek, ko‘ngillilarning kortizoli darajasi qanchalik o‘zgarishini ham tekshirishgan. Odatda, kortizol ertalab yuqori bo‘ladi va kun davomida pasaya boradi. Oilalilarda bu jarayon tezroq yuz beradi. Bu esa, yurak xastaliklari ehtimoli kamayishi va saraton xastaligiga uchragan bemorlarning ham ko‘proq yashashiga sabab bo‘ladi.
Kortizol darajasi stress, asabbuzarlik kabi ko‘ngilsizliklar tufayli oshadi. Bu o‘z navbatida vaqti kelib turli xil salbiy oqibatlar, xususan, bosh miya xujaylarining kichrayishi, asabiy buzilishlar kabilarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, tadqiqot natijasiga ko‘ra, uylanmagan insonlar asabbuzarlikni oilalarga nisbatan og‘irroq kechiradi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari

18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi

13:35 / 27.03.2025
Olimlar inson qanday qarishini yangicha usulda o‘rgana boshladi

16:55 / 25.03.2025