Samarqand viloyatining Urgut tumanida turk texnologiyasi asosida yonğoq yetiştiriş böyiça plantatsiyalar taşkil etiladi, deb yozmoqda “Zarafşon” naşri.

2016 yilning 6-12 dekabr kunlari viloyat qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi mutaxassislari, yer resurslari va davlat kadastri idorasi vakillari, olimlar, tadbirkor va fermerlar Turkiyaning Istanbul, Anqara, Bursa, Yalova viloyatlari toğoldi hududlarida yonğoq plantatsiyalari taşkil etiş tajribasini örganib qaytdi. 

“Yonğoq daraxti yer tanlamaydi, suvga çidamli, toğda ham, daştda ham ösaveradi. Ana şu jihatlarni e'tiborga olib, Turkiyaning toğli hududlarida bölgan paytimizda yonğoqzorlar agrotexnologiyasini örganib, iqlim şaroitimizga mos navlarni tanladik. Örganişlarimiz natijasiga köra, ular orasida "Çantler" navi viloyatimiz iqlimi, havo, suv, yer şaroitiga mos ekan. Eng asosiysi, bu navli yonğoqning mevasi yirik, yupqa pöçoq va oq mağizli. Bu esa bugungi bozor talabiga mos”, - deya ta'kidlab ötdi M.Mirzayev nomidagi boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand filiali direktori Jamşid Ahmadjonov.

Ayni kunda filialning 2 gektar maydonida yonğoq köçati yetiştiriş uçun yer tayyorlangan. Kelgusi yilda uni Urgut tumanining 4,5 ming gektar toğoldi va daşt hududiga ekiş közda tutilgan. Ayni kunlarda maxsus dastur asosida nafaqat uşbu yer maydonlari, balki tumanda yonğoqdan taşqari bodom, tok kabi ekinlarni ekişga möljallangan 10 ming 200 gektar va Jomboy tumanining 300 gektar toğoldi hududidagi maydonlar ham bu mevalar plantatsiyalarini taşkil etiş uçun özlaştirilmoqda.

Ayni damda yonğoq Turkiyaning Qaramon, Kastomönu, Haqqyori, Bursa va Tökat viloyatlarida yetiştiriladi. Sönggi vaqtlarda esa 49 yilga möljallangan bepul yer taqdim etiş, şuningdek, foizsiz moliyaviy yordam tufayli bu mahsulot Tekirdoğ, Denizli, Bitlis, Qirşixire, Çanoqqal'a, Gumuşane va Bingöl viloyatilarida ham paydo böladi boşladi. Eng ommabop nav Çantler bölib, u har bir daraxtdan örtaça 34 kilogramm hosil beradi.