Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligiga bağişlangan internet aksiyasi tom ma'noda virtual bayramga aylanib ketdi. Uşbu aksiya jarayonida yoshlar tomonidan 5 mingdan ortiq Bobur ijodi, tarixi va ilmiy me'rosiga bağişlangan ma'lumotlar tarmoqqa qöyildi.

Uşbu aksiyaga qöşilgan Twitter foydalanuvçilari 14 fevral soat 14:00dan boşlab #BoburDay‬‬ heştegi bilan tvitlar yoza boşlaşdi.

Natijaga köra, #BoburDay‬‬ heştegi 166 mingdan ortiq tvit bilan dunyoning eng maşhur öntaligidan joy olib, jahon trendiga çiqdi, hamda boş ştabi Çikagoda joylaşgan “hashtags.org” saytining “yulduzli” va “aktual” heşteglari qatoridan joy oldi.

Internet aksiyada, şuningdek, Facebook va Instagram foydalanuvçilari ham öz postlarida uşbu heşteglarni işlatgan holda qatnaşdilar, Telegram messenjeri info kanallari orqali ham foto, video va audio ma'lumotlar almaşildi.

Eslatib ötamiz, «E-yoshlar» guruhi joriy yilning 9 fevral kuni #NavoiyDay‬‬, hamda ötgan yili #Navoiy575 va #BoburDay heşteglarini dunyo trendiga olib çiqqan  edi.