Şu kunlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining diqqat-eʼtibori ikki hodisaga qaratildi. Ötgan haftaning «xit mavzulari»ning birinçi qatorida oş bilan örnatilgan rekord, odamlarning nafs ilinjidagi talotöpi va ur-yiqiti edi. Buni qarangki, mavzu zum ötmay butkul özgarib ketdi. Hozir hamma öşa voqealarni unutib, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tuman hokimi Nosirjon Egamberdiyevning maktab direktorlarini savalagani asosiy muhokama mavzusiga aylandi. Şu kuni Kun.uz saytida yana bir videolavha e'lon qilindi. Bu xizmat vazifasini bajariş vaqtida bemorning otasi tomonidan kaltaklangan şifokor Zafar Qayumov haqidagi voqea.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib, odamlarning dunyoqaraşi, his-tuyğulari, kayfiyati qanday ekanini ilğaş mumkin. Eng muhimi, odamlar bugun barça demokratik jamiyatlarda bölgani singari har bir voqeilikka u yoki bu darajada öz munosabatlarini bildirmoqda. Bu orqali mamlakatimizda ham fuqarolik jamiyatining muhim unsuri sifatida qaraladigan Jamoatçilik nazorati şakllanib boryotganini körsatmoqda. Tarmoqlar oralab, odamlarning eng qiziq va jöyali fikrlarini yiğib çiqdik.

Tarmoqlarga qarmoqlar: 

Abdulaziz Muborak: 
Holvani hokim yeydi,
Kaltakni ustoz...! 
(Bugungi kun maqoli!)

Sanjar Said: Bu audioni oxirigaça eşitişga toqatim yetmadi. Şifokorlarni davlat, ijro hokimiyati bir tomondan qiynayotgan bölsa, xalq ikkinçi tomondan zörlayapti. Bu qanday bedodlik, bu qanday zolimlik, bu qanday adolatsizlik?! Portal kimlarni himoya qilib, kimlarni jazolayapti? Qani içki işlar, qani prokuratura? Öqituvçi bilan şifokorni himoya qiladigan mard qoldimi?

Abdulmajid Zayniddin öğli: Mana, nima uçun boks rivojlangan, fan rivojlanmagan! 

@udachnik__1:
-  Iye, domla,köziz kökaribdimi? 
- Ha, yaqinda mustaqillik bayrami böluvdi... 
- Heçqisi yöq, konstitutsiya bayramigaça tuzalib ketadi..

Umida Aziz: Öğlingiz hokim bölişini istaysizmi? Unda uni yoşligidan qöl jangi va boks sport tögaraklariga bering!!!