AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Maykl Flinning iste'foga çiqişiga demokratlar partiyasi va matbuotning "josuslik" harakatlari tufayli kampaniyaning beqarorlaşuvi sabab böldi. Bu haqda WikiLeaks taşkilotining tvitterdagi sahifasida ma'lum qilingan.

«Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Maykl Flinn amerikalik josuslar, demokratlar va matbuot tufayli kampaniyaning beqarorlaşuvi tufayli iste'foga çiqdi», — deyilgan xabarda.

13 fevral kuni Maykl Flinn iste'foga çiqqanini ma'lum qildi. U vitse-prezident Maykl Pensga Rossiyaning AQŞdagi elçisi bilan suhbati haqida töliq ma'lumot bermaganini tan olgan. Uning bu muloqoti Donald Trampning inauguratsiya marosimigaça 1 oyligida bölib ötgandi.