Pekindagi matbuot konferensiyasida Meizu özining M5s nomli qurilmasini namoyiş qildi. "Life" naşri şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, Meizu M5s IPS texnologiyasi asosida yaratilgan 5,2 dyuymli HD-displeyga ega böladi. Xitoy telefoni 1,3 GGts'li MediaTek MT6573 protsessori bazasida işlaydi.
Telefon ikki versiyada sotuvga qöyiladi: 16 Gb va 32 Gb. Xotira hajmi 128 Gb'gaça kengaytirilişi mumkin.
Ikki model ham 3 Gb operativ xotirani qöllab-quvvatlaydi. Bundan taşqari, Meizu M5s ikki SIM-karta va 3000 mAs'li akkumulyatorga ega.

Asosiy kamera - 13 Mp, old kamera esa - 5 Mp. Şuningdek, işlab çiqaruvçilar Home tugmasida barmoq izlari skanerining örnatilgani haqida ma'lum qilişdi.
Meizu M5s qurilmasi Android 6 operatsion tizimi boşqaruvi ostida işlaydi.
Kiçik modelni 799 yuanga (116,4 dollar) xarid qiliş mumkin. Katta hajmli versiya uçun esa 999 yuan (145,6 dollar) söraladi.
Xitoyda Meizu M5s sotuvi kelasi haftadan boşlanadi.












