NATOga a'zo-davlatlar mudofaa vazirlari Qora dengizda harbiy-dengiz pozitsiyalarini kuçayiş haqida qaror qabul qilişdi. Uning doirasida mintaqadagi vaziyat haqida ma'lumotlar yiğiş harakatlari faollaştiriladi, deb ma'lum qildi alyans boş kotibi Yyens Stoltenberg.

"Bugun biz bu iş doirasida ikkita qöşimça çorani qabul qilişga kelişib oldik. Bularga NATOning Qora dengizda maşqlar sonini oşiriş va vaziyatdan yaxşiroq boxabar böliş böyiça harbiy-dengiz jihatdan pozitsiyani kuçaytiriş hamda bizning doimiy harbiy-dengiz guruhlarimizning boşqa ittifoqdoşlar bilan özaro aloqasini muvofiqlaştiriş kiradi", - dedi Stoltenberg jurnalistlarga.

Uning fikriça, Rossiya bilan muloqotni kuç pozitsiyasidan kelib çiqib va “bosib turiş” uslublaridan foydalangan holda olib boriş kerak. Bu ğarb davlatlari tomonidan sovuq uruş paytida qöllanilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa NATO Rossiyani asosiy xavf deb hisoblaşi, şuning uçun harbiy pozitsiyani kuçaytirmoqçi ekanini ta'kidlab ötdi.

"Ötgan yilning iyul oyida Varşavada bölib ötgan NATO yiğilişida Rossiya 1989 yildan beri ilk bor alyans uçun asosiy tahdid deb tan olindi, uni “bosib turiş” esa NATOning yangi missiyasi deb rasman ma'lum qilindi. Şu maqsadda blokni yanada kengaytiriş böyiça işlar olib borilmoqda. Bu avval ham kuzatilgan, ammo endi ularning fikriça, buning uçun işonçli sabablar topildi", - dedi Putin.

Prezidentning ta'kidlaşiça, alyansga a'zo-davlatlar Rossiyaga qarşi doimiy fitna uyuştirmoqda va uni mojaroga jalb qilişga intilmoqda.

Rossiyaning NATOdagi doimiy vakili Aleksandr Gruşko esa dekabr oyida alyansning Qora dengizidagi pozitsiyasini kuçaytiriş bosimni oşirib, mintaqadagi xavfsizlikka salbiy ta'sir körsatişi haqida ma'lum qildi.