Jamiyat | 08:50 / 17.02.2017
35886
4 daqiqa o‘qiladi

OAV: Qozog‘istonlik juftlik Chingizxonning qabrini topganini ta'kidlamoqda

Janubiy Qozog‘iston viloyatida yashovchi juftlik Sman Otegen va uning rafiqasi Guljanar Oltinbek buyuk sarkarda Chingizxon qayerga dafn qilinganini bilishlarini va hozirda qabrni kavlab olish ishlarini deyarli oxiriga yetkazganlarini ma'lum qildilar. Lekin ular kovlash ishlarini yakunlash uchun Qozog‘iston prezidentining  ruxsatini kutishmoqda, deb xabar berdi "Zamona" nashri.

FOTO: ZAMANA.KZ

Juftlik Temurlang ovulidan Olmaotaga ko‘chib o‘tgan. 2014 yil Guljanar bir tush ko‘radi, tushida bobosi Manas uni bir odam bilan tanishtirib qo‘yishini, biroq buning uchun bir chorvani qurbonlikka keltirishi kerakliginini aytadi. Bir qancha vaqt o‘tib ayol bobosi Manas aytgan odamni ko‘radi va u Chingizxon bo‘lib chiqadi. 

Chingizxon ayolga o‘zining ko‘milgan joyini ko‘rsatadi va bu joy Aris shahri janubidagi Lesxoz qishlog‘i yonidagi joy bo‘ladi. Juftlik u yerga o‘tgan yil aprel oyida borib, kavlash ishlarini boshlab yuboradilar. Ma'lumki, bu yerlarda mashhur Mayki-biy ko‘milgan.

Kavlash ishlari turli sabablarga ko‘ra to‘xtab turibdi. Chingizxon qabriga yetish uchun taxminan 30 sm. qolgan, lekin u yog‘iga kavlashga ruxsat yo‘q.

Guljanar Chingizxon unga tushida buning uchun unga Qozog‘iston prezidentining ruxsati kerakligini aytgan.

Agar Nursulton Nazarboyev kavlash ishlariga ruxsat bersa, unda mamlakatda yaxshi tomonga o‘zgarishlar bo‘ladi. Mamlakatda korrupsiya va buzuqlik boshqa bo‘lmaydi. 

"Men shu yerda yotibman, meni yer sirtiga olib chiqing. Men mo‘g‘ul emasman, men qiyot avlodidanman. Mening ota-onam – qozoqlar, rafiqam esa qo‘ng‘irot avlodidan", deb aytgan sarkarda ayolga.

 FOTO: TERRA-Z.COM

Jurnalistlar juftlik aytayotgan joyga borib, u yerda yarmiga to‘sib chiqilgan hududni ko‘rishgan. 12 metr chuqurlikda tunnel kavlangan bo‘lib, pastga tushayotganda shifobaxsh suvli buloqni ko‘rish mumkin.

Buloqdan keyin boshlanadigan tunnel bo‘ylab emaklab yurish mumkin. Qazish vaqtida g‘alati yozuvlar, misol uchun tushunarsiz "X16" yozuvi uchragan. Sal nariroqda esa "2017" yozuvi chiqqan. 

Smanning aytishicha, Amir Temur qabri ochilganda, Ikkinchi jahon urushi boshlangan. Uning fikricha, Amir Temur qabri hukumatning rasmiy ruxsatisiz ochilgani shunday oqibatlarga olib kelgan. Chingizxon qabrini ochishda bunday bo‘lmaydi, chunki buyuk sarkardaning o‘zi Elboshidan bunga ruxsat berishni so‘ramoqda. 

Erkakning aytishicha, prezident bu yerga tezroq kelishi kerak. Uning ta'kidlashicha, keyinroq bu joyda mehmonxonalar, muzey va kafelar quriladi. Umuman olganda, bu kimsasiz joy tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketadi.