Amerika yetakçisining kuyovi Jared Kuşner AQŞ prezidenti Donald Tramp tinçlikka erişiş uçun harakatlar töplamini tayyorlaşga topşiriq berganini aytdi.  U bu haqda Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan ötkazilgan muzokaralardan söng maʼlum qildi. 

«Prezident Trampning vazifasi va bizning Stiv bilan şuğullanayotgan işimiz - tinçlik paketini tayyorlaş», - dedi u.

Kuşnerning qayd etişiça, Tramp Rossiya va Ukraina orasida «duşmanlik bölmasligi, ularning ulkan salohiyatga ega bölişi va bir-biri bilan yovlaşiş örniga manfaat topişlariga erişiş»ni istaydi.

Uçraşuv çoğida davomli tinçlik unsurlari qanday bölişi kerakligi va Ukraina, Rossiya hamda butun dunyo uçun buning qanday foydasi borligi muhokama qilindi, dedi u.

Kuşnerning qöşimça qilişiça, uç tomonlama muzokaralarga qaytiş samarali qadam böladi.

«Biz Stiv bilan yarim yilça avvalgidek uç tomonlama şaklga qaytiş juda foydali bölardi deb hisoblaymiz. Biz ikkala tomon bilan ham muzokara ötkazdik va tez orada olğa siljiş böladi deb umid qilamiz», - dedi u.

Axios naşrining Kiyevdagi muzokaralarda qatnaşgan manbasining sözlariga köra, Kuşner va Uitkoff tomonlar bilan «yangilangan» tinçlik taklifi ustida işlaş niyatida.

«Agar barça manfaatdor tomonlar tegişli qadamni taşlaşsa, vaziyat yaxşi tomonga özgarişi mumkin», - degan u.

Uitkoff va Kuşner 6-sentabr kuni Kiyevga kelişdi. Bundan avval esa ular Moskvada prezident Vladimir Putin bilan uçraşuv ötkazişdi. Uçraşuv qariyb uç soat davom etdi.